Tashqi reklama

Orakal
Reklamaning bu turi fotsurat va tasvirlarni o‘zida aniq va ravshan aks ettirishi bilan hamda o‘zi yelimlanuvchi xususiyatga ega ekanligi bilan xarakterlidir. Avtomobillar, oynadan ishlangan maxsus devorlar va shaffof to‘siqlarni bezatish hamda ularni kichik turdagi zararlanishlardan himoya qilish uchun ham samarali vositadir.

Harflar
Bo'rtma
Tashqi reklamaning keng tarqalgan turlaridan biri bu – BO‘RTMA HARFLARDIR. Ofis, korxona, tashkilot yoki savdo do‘konlari peshlavhalarini bo‘rtma harflar orqali aks ettirish keng jamoatchilik va hamkorlar e’tiborini jalb qilishda samarali reklama vositasidir.

Korob
Yorug'lik qutilari reklama uchun faol ishlatiladi , ayniqsa, agar siz original yorug'lik reklamalarini boshqa reklama vositalari bilan taqqoslasangiz-yorug'lik qutilari aslida eng samarali tur hisoblanadi. Bunday reklama vositalari brendning ta'rifini sezilarli darajada oshirishi va korxona yoki qo'mitaning iste’molchilar ko'z o'ngida yanada qiziqish uyg‘otishi mumkin.

Shtender
Shtenderlar serqatnov joylar, ko‘p sonli do‘kon, korxona, tashkilot, klinika yoki maishiy xizmat ko‘rsatish shahobchalaridan aynan siz turgan o‘rinni alohida ta’kidlab, ajratib ko‘rsatuvchi va mahsulot hamda xizmatlar haqida ma’lumot tashuvchi samarali reklama vositalaridir.

Stella
Reklama stellalari brend, mahsulot yoki kompaniyani keng ommaga targ‘ib qilishning zamonaviy usulidir. Stellalar tuzilishi – baland, yorqin va ko‘zga tashlanuvchan ekanligi bilan boshqa turdagi reklama vositalaridan ajralib turadi. Bu esa ko‘pchilik e’tiborini o‘ziga jalb qiladi. Aynan shu xarakter stellaning o‘ziga xos reklama vositasi ekanligini ta’minlaydi.

Pauk
Reklama sohasida mobil ko‘rgazma stendlari yoki Pauklarning o‘ziga xosligi shundaki, ular uchun muayyan bir joyning tanlanishi ahamiyatsizdir. Pauklar turli xildagi loyihalar ko‘rgazmalari, marafonlar va taqdimotlar uchun o‘ziga xos qulaylikka ega bo‘lib, o‘tkazilayotgan tadbirlarning qaysi joyda va necha marotaba o‘tkazilishidan qat’I nazar ulardan foydalanish mumkin. Bu esa tashqi reklamada tejamkorlik va mahsulot yoki xizmatlar tez ommalashiahining o‘ziga xos ko‘rinishidir.

Roll-up
Roll up (rollap, roll up) – tovar, mahsulot yoki xizmatlar haqidagi axborotlarni avtomatik mexanizmi bilan harakatlanuvchi mobil stend. Prezentatsiyalar, ko‘rgazmalar, konferensiyalar va xalqaro savdo yarmarkalarida odamlar e’tiborini jalb qilish uchun eng qulay reklama vositasidir. Bundan tashqari, rollap ofislar va kompaniyalar savdo zallarida ma’lumotlar tashuvchi qulay reklama vositalaridir.

Holst
Tashqi reklamada tasvirlarning yorqinligi va nyuanslarning aniq uzatilishiga erishish uchun HOLST dan foydalanish ommalashishning eng yaxshi yo‘lidir. HOLST ga raqamli fotosuratlar va boshqa turdagi fototasvirlarni joylashtirish – o‘z biznesingizni yaratish va mahsulot va xizmatlaringizni targ‘ib qilish uchun katta moliyaviy xarajatlar talab etmaydigan ajoyib g‘oyadir.s

Ko'rgazma
Stendi
Ko‘rgazma stendlari marketingda tashqi reklama vositalarining eng asosiy va kuchli ta’sirga ega bo‘lgan turi hisoblanadi. Ushbu reklama vositalari orqali siz o‘z mahsulot yoki xizmatlaringiz haqida potensial mijozlar yoki boshqa iste’molchilar e’tiboriga batafsil va aniq ma’lumot bera olasiz.

Buyurtma berish
Buyurtma berish
Buyurtma berish
Buyurtma berish
Buyurtma berish
Buyurtma berish
Buyurtma berish
Buyurtma berish
Buyurtma berish